Navoiy viloyati teleradiokompaniyasiga rahbar tayinlandi

Xonnazarov G‘ayrat Ergashevich Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shu paytgacha G‘ayrat Ergashevich O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro axborot tahririyati Bosh muharriri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun: Xonnazarov G‘ayrat Ergashevich 1968-yil Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tavallud topgan. 1996-yil O‘zbekiston Milliy universitetini jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Turli yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida qator lavozimlarda ishlagan. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatlariga rahbarlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter