Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda uzunligi 15 metrli ramziy bayroq ko‘tarildi

Navoiyda uzunligi 15 metrli ramziy bayroq ko‘tarildi

Foto: Xabar.uz

Navoiy shahar markazida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 15 metrli ramziy bayroq ko‘tarildi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 15 metr uzunlikdagi davlat bayrog‘i Navoiy shahrining markazida barpo etilgan va qurilishi davom ettirilayotgan ko‘p qavatli binolar oldida qurilish krani orqali ko‘tarilgan.

«Shukuh bilan yuqoriga asta-sekin ko‘tarilgan bayroq butun shahar aholisiga ko‘rinadigan darajada yuqoriladi. Davlatimiz bayrog‘i mag‘rur hilpirab, yuqorilagani sari hatto, xizmatdagi xodimlarimizning ham ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi. Odamlar tantanaga oshiqib to‘planishdi. Samoda bayroq parvozi, pastda esa bayroq bilan bezangan «31» yozuvining shakllantirilishi ko‘ngillarga yanada faxr uyg‘otmay qo‘ymadi. Uning shukuhini tasvirlab berish qiyin»,— deydi axborot xizmati rahbari.

Foto: Xabar.uz

Bildirilishicha, bugun  viloyatning Konimex tumanida ham tantana davom etgan. Tong sahardan davlat bayrog‘i ilingan xizmat avtomashinalari karvoni uyushtirilgan. Avtomashinalar karvoni shahar va qishloq yo‘llari bo‘ylab yurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring