Noma’lum fuqaro Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatidan ekologiyaga zarar yetkazmaslikni so‘radi
Ekologiyani himoya qilish kanaliga Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati tomonidan ekologiyaga yetkazilayotgan zarar haqida post qo‘yildi.
«Noma’lum fuqarodan kelgan noma: AGMK, uyat, uyat!
Yetar endi, bas endi! Ayni shu damlarda Olmaliq va Ohangaron shahrida yoqimsiz hid tarqalayapti. Gaz hidi bu.
Eh, AGMK, sen Qurama tog‘larining bag‘rini tilib, ma’dan olasan. «Krutoy» korxonasan. Ammo, nega ekologiyaga tupurib qo‘ygansan?
Qachon, ayt, qachon zaharli tutunni tungi soatlarda xalqqa yuborishni to‘xtatasan? Bolalarni sog‘lig‘iga yomon ta’sir qiladi bu!
Bilaman, sen bu gaplarga parvo qilmaysan. Chunki, bet qotib ketgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter