Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurafshon shahrida sifatsiz go‘sht sotuvchilar ushlandi

Nurafshon shahrida sifatsiz go‘sht sotuvchilar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Nurafshon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar Z.Yu. va N.X.lar oldindan til biriktirib iste’molga yaroqliligi to‘g‘risida ma’lumotnomasi bo‘lmagan 50 kg go‘shtni har bir kilosini 42 ming so‘mdan hisoblab jami 2,1 mln so‘mga fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida Z.Yu.ga qarashli uyning omborxonasida tashkil etilgan yashirin sexdan 386 kg sifatsiz go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring