Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ertalab Farg‘ona vodiysida, kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 23–28 daraja bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 25–27 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 15–20 daraja bo‘ladi.

2 oktyabr kuni respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring