«Obod qishloq»: bu galgi manzil — Mirzacho‘l
Joriy yilning 7-aprel kuni Mirzacho‘l tumanida «Obod qishloq» dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Topshiriqqa asosan, 7-15-aprel kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani G‘alaba MFYda «Obod qishloq» dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Hududdagi uy-joyga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun 2 ta bo‘sh turgan yerda 160 ta namunaviy arzon uy-joylar qurish uchun yer ajratildi. Birinchi hududda quriladiga 112 ta uy 8 ta pudratchi qurilish tashkilotiga taqsimlab berildi.
15-aprel holatiga 120 ta uyda yer ishlari bajarilib, transheya qazildi. Beton-fundament ishlarini bajarish uchun zarur shag‘al va sement mahsulotlari peshma-pesh keltirilmoqda. Ayni vaqtda 24 tonna sement va 14 ta mashinada qum-shag‘al keltirildi. Bundan tashqari, Forish tumanidagi karerdan temir yo‘l orqali 20 ta vagonda beton qorishmalariga mo‘ljallangan shag‘al keltirildi.
Kommunal xo‘jalik infrastrukturasi (suv, gaz va elektr ta’minoti, yo‘llar qurilishi) bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha elektr ta’minoti sohasida 5,5 km. uzunlikdagi kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 2 ta transformator punktlarini yangi qurish;
- 18,3 km. uzunlikdagi kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 3 ta transformator punktlarini rekonstruksiya qilish;
- 9,9 km. uzunlikdagi kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 5 ta transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirildi.
Shu kungacha 1 km. tarmoq rekonstruksiya qilinib, 32 ta ustunlar demontaj qilindi.
Suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 8,9 km. ichimlik suvi tarmog‘i yangidan o‘tkaziladi. Hozirda suv tarmog‘ini tortish uchun texnik tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
1 km. kanalizatsiya tarmoqlari qayta ta’mirlash, 2,7 km. yangi tarmoq tortish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 240 metr eski tarmoqda tozalash ishlari olib borildi.
Sizot suvlari sathini pasaytirish maqsadida 27,6 km. masofadagi kollektorlarni qazish zarur bo‘lib, 1,8 km. qismida qazish ishlari bajarildi.
Gaz ta’minoti bo‘yicha 5 km. gaz quvurlarini ta’mirlash, bo‘yash, 27 ta gaz taqsimlash punktini va 1800 ta gaz uskunalarini taftish qilish rejalashtirilgan bo‘lib, 48 ta gaz uskunlari taftish qilindi va O‘zbekiston MFYdagi 11,3 km. gaz quvurlari demontaj qilindi.
Yo‘l qurilishi sohasida mahalladagi mavjud 16,6 km. yo‘llardan 10,3 km. qismiga asfalt qoplamasi yotqiziladi.
Yo‘llarni ta’mirlash uchun Chimqo‘rg‘on kareridan temir yo‘l orqali 105 ta vagonda 7200 tonna qum-shag‘al aralashmasi keltirildi.
717 metr uzunlikdagi eski lotoklar qazib olinib, yangi latok o‘rnatish uchun joylari tayyorlandi. Hozirgi vaqtga qadar 240 metr uzunlikdagi yangi lotoklar keltirildi.
Ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha 36 ta ta’mirtalab uylarning 20 tasining tom qismidagi eski shiferlari olinib, yangi shifer o‘rnatilmoqda.
Bugungi kungacha jami 18,6 tonna sement, 7754 ta shifer, 380 kg. mix, 2000 metr reka, 5,5 tonna oxak va boshqa materiallar keltirildi.
Bugungi kungacha jami 638 nafar shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 71 ta kasallik aniqlangan shaxslarga ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi. 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 ortopedik mahsulotlar olib berildi, 4 nafar fuqaro tuman kasalxonasiga davolanishga yotqizildi.
Shuningdek, 325 ta cho‘pkari (barak) uylarda yashovchi xonadon egalariga texnik kadastr hujjati tayyorlab berildi. 36 ta ko‘p qavatli uylar atrofidagi 878 ta hojatxonalar tozalandi va dezinfeksiya qilindi, 242 ta hojatxona o‘rasi tozalab olindi.
Tumandagi ehtiyojmand oilalarga gumanitar yordam sifatida 37 ta ko‘rpacha, 2 ta odeyal, 26 ta yostiq, 9 ta gilam, 79 ta turli o‘lchamdagi kiyim-boshlar, 113 ta koropkada har xil turdagi kiyim-kechaklar va oyoq kiyimlar keltirildi.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi tomonidan 1 ta qoramol, 1,0 tonna o‘simlik yog‘i, 1 tn shakar, 1 tonna makaron, 500 kg. pechyoniy, 390 kg. choy, 300 kg. tuz beg‘araz homiylik sifatida keltirildi.
Ushbu xabar «Xalq bilan muloqot / Dialog s narodom»
guruhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter