Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oldingi yillarga nisbatan 2 baravar ko‘p uy qurildi

Oldingi yillarga nisbatan 2 baravar ko‘p uy qurildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda uy-joy qurilishi bo‘yicha selektor o‘tkazmoqda.

Davlat rahbari oxirgi yillarda turarjoy qurish bo‘yicha yutuqlarga erishilgani, xususan, ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilgani, bu esa oldingi yillarga nisbatan 2 baravar ko‘p ekanini aytib o‘tdi. Ammo davlat rahbari shu bilan birgalikda sohada bir qator muammolar borligini ham ta’kidlab o‘tdi.

«Masalan, ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam. Xususan, Xonqa tumanida 5 mingta yangi uy-joyga talab bo‘lsada, kelgusi yilda atigi 464 ta (talabning 9 foizi) uylar qurish reja qilingan», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring