Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» raisi o‘rinbosari Olmaliq shahriga hokim bo‘ldi

«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» raisi o‘rinbosari Olmaliq shahriga hokim bo‘ldi

Фото: «Xabar.uz»

Prezident ko‘rsatmasi bilan barcha rahbarlari ishdan olingan Toshkent viloyati Qibray tumanining yangi hokimi etib, Olmaliq shahrida hokim bo‘lib ishlab kelgan Mirag‘zam Mirqosimov tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Olmaliq shahriga «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisning iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Karimov O‘ktamjon Dehqonovich yangi hokim etib tayinlandi.

Karimov O‘ktamjon Dehqonovich 1972-yili Farg‘ona viloyatida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy.

U 1995-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (kunduzgi) bitirgan.

U 1995-2008-yillarda Farg‘ona viloyati «O‘zneftni qayta ishlash» davlat ishlab chiqarish birlashmasi 6-sonli sexi iqtisod va rejalashtirish iqtisodchisi, neftni qayta ishlash zavodi bo‘lim boshqaruvchisi, «O‘zneftni qayta ishlash» kompaniyasini iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh direktorning o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

O‘ktamjon Karimov 2017-yildan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring