«Oltin qalam» mukofotining asosiy g‘oliblari e’lon qilindi
Bugun, 14-may kuni Toshkent shahridagi «Anjumanlar saroyi»da «Oltin qalam» XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot g‘olibi sifatida Uzreport TV nodavlat telekanali e’lon qilindi. Mukofot Tracker avtomobili.
Tanlovning bosma nashrlar yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:
1-o‘rin — «Jadid» gazetasi bo‘lim mudiri Shoyim Bo‘tayev.
2-o‘rin — «Narodnoye slovo» gazetasi mas’ul kotibi Nurlan Usmonov.
3-o‘rin — «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov.
Tanlovning radio yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:
1-o‘rin — «Mahalla» radiokanali «Ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar va musiqiy dasturlar» muharririyatining bo‘lim mudiri Umida G‘afforova.
2-o‘rin — «Qoraqalpog‘iston» radiokanali «Jamiyat-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari» bosh muharririyati muharriri Qunduz Jumag‘aliyeva.
3-o‘rin — «O‘zbekiston 24» teleradiokanali katta muharriri Shoira Umrzoqova.
Tanlovning televideniye yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:
1-o‘rin — «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi muxbiri Elyor Go‘ro‘g‘liyev.
2-o‘rin — «O‘zarxiv» agentligi matbuot kotibi, «Arxivarius» ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Anvarjon Aliyev.
3-o‘rin — «Renessans TV» telekanali bosh muharriri Jasur Rahmon.
Tanlovning internet jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:
1-o‘rin — Ikrom Avvalboyev,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — «POOL» markazi boshlig‘ining o‘rinbosari;
2-o‘rin — Shuhrat Shokirjonov,
«Kun.uz» onlayn nashrlari muxbiri
3-o‘rin — Nargis Saidaliyeva,
«Dunyo» axborot agentligi tahririyat xizmati boshlig‘i.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter