Bosh sovrin — avtomobil! «Oltin qalam» XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi
Tanlov bitta bosh milliy mukofot va beshta asosiy yo‘nalish – televideniye, radio, bosma nashrlar, internet-jurnalistika bo‘yicha (har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlar) va chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali bo‘yicha (bosma nashrlar, TV, internet – bitta birinchi o‘rin, 4 ta ikkinchi o‘rin) o‘tkaziladi.
Shuningdek, quyidagi rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:
- «Insonga e’tibor mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun»
- «Ta’lim tizimidagi islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun»
- «Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun»
- «Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun»
- «Milliy qadriyatlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun»
- «Sog‘lom turmush tarzi va sport mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun»
- «Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun»
- «Bandlik va ijtimoiy himoya masalalari eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun»
- «Eng faol tele va radio boshlovchi»
- «2022 yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun»
- «Eng yaxshi fotoreportaj uchun»
- «Ekologik muammolar keng yoritilgan materiallar uchun»
Tanlov g‘olib va sovrindorlariga:
Tanlov bosh milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, «Oltin qalam» statuetkasi va yengil avtomobil tantanali ravishda topshiriladi.
Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, «Oltin qalam» statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, «Oltin qalam» statuetkasi va bazaviy hisoblashning 175 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, «Oltin qalam» statuetkasi va bazaviy hisoblashning 150 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
Tanlov rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar g‘oliblari diplom, «Oltin qalam» statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda 2022 yilning 31 martidan 2023 yilning 31 martigacha bosma va internet nashrlarda e’lon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallar ko‘rib chiqiladi.
Tanlovga ijodiy ishlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining hududiy bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari orqali, shuningdek, mualliflardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron shaklda tanlov matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab joriy yilning 15 apreliga qadar qabul qilinadi.
- Bu jarayonda materiallar matbuot bo‘yicha (PDF-faylda, har bir material alohida-alohida);
- internet nashrlari bo‘yicha materiallarning havolasi (link, ssilkasi) ko‘rsatilgan holda;
- televideniye bo‘yicha video materiallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha telegram formatda ( annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
- radio yo‘nalish bo‘yicha audio materiallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha, annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
- fotojurnalistika nominatsiyasi bo‘yicha ijodiy ishlar (JPEG, TIFF va PNG formatda annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
- O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining (99-466-10-25) raqamiga ochilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) telegramiga yuborilishi so‘raladi.
Tanlovda tahririyat, tele yoki radiokanal hamda ijodiy jamoalar ham jamoaviy qatnashishi mumkin. Mazkur jarayonda ham yuqoridagi tartiblarga qat’iy amal qilinadi.
«2022 yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun» nominatsiyasi bo‘yicha tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
➖muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot (ob’yektivka);
➖muallifning pasport nusxasi, telefon raqami.
Murojaat uchun telefonlar: 71 244-62-89, 71-244-64-62
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter