Oltinko‘l tumanidagi xalq saylida davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Kecha, 9-sentyabr kuni Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida xalq sayli o‘tkazildi. Unda davlat xizmatlari markazi xodimlari ham qatnashib, targ‘ibot ishlarini olib borib, tashrif buyuruvchilarga davlat xizmatlari ko‘rsatishdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Shu kuni 200 nafardan ziyod ishtirokchiga huquqiy maslahat berildi, 18 nafar fuqaroga shu yerning o‘zida STIR raqami topshirilib, 4 nafar bolaning ota-onalaridan maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtiri bo‘yicha arizalar olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter