Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar Diana Yenekeyevaning xotirasini abadiylashtirishda yordam so‘rab Prezidentga murojaat qilishdi (video)

O‘qituvchilar Diana Yenekeyevaning xotirasini abadiylashtirishda yordam so‘rab Prezidentga murojaat qilishdi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi.

Murojaatda maktab o‘qituvchilari Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda ularning hamkasblarini eslab aytgan so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirib, yana bir bor jamoadoshlari Diana Yenekeyeva haqida iliq so‘zlar aytish barobarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan Diana Yenekeyevaning xotirasini abadiylashtirish masalasida yordam berishini so‘rashdi.

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 42-umumta’lim maktabining ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli o‘qituvchisi Diana Yenikeyevani katta yo‘ldagi to‘siqlarni oqlash chog‘ida yuk mashinasi urib ketgani haqida xabar qilgan edik. Ushbu hodisa tafsilotlarini o‘rganish uchun «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri voqea joyiga borib, maxsus surishtiruv o‘tkazgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring