Organizmni tozalash uchun ko‘proq nimalarni yeyish kerak? Shifokor maslahati
Turli ziyofat va bayramlardan keyin odamlar organizmni zararli moddalardan tozalashni o‘ylashadi. Diyetolog Polina Juravleva bu bo‘yicha muhim maslahatlarni e’lon qildi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, lavlagi, selderey, olma va oddiy piyoz tanani tezda tozalash uchun eng yaxshi mahsulotlardir. Ushbu mahsulotlarda og‘ir metallar va toksinlarni surishga yordam beradigan pektin mavjud.
Bundan tashqari, olma sharbati bakteriya va viruslarning chiqindi mahsulotlarini eritadi, lavlagi jigarni tozalashga yordam beradi va selderey qonni tozalaydi va bo‘g‘imlarda siydik kislotasini yo‘q qilishga yordam beradi.
Shuningdek, diyetolog ko‘proq suv ichishni unutmaslikni maslahat beradi, chunki suvsizlangan tana infeksiyalarga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter