Orol dengizi inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha 5,6 million dollarlik loyiha imzolandi
Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Global yashil o‘sish instituti (GGGI) o‘rtasida Orol dengizi inqiroziga qarshi kurashishga qaratilgan 5,6 million dollarlik qo‘shma loyiha imzolandi.
Loyihaning asosiy maqsadi – Orol dengizi ekologik inqirozining oqibatlarini bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining yashil tiklanishiga yordam berish va tabiiy ofatlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan choralarni belgilashdan iborat.
Kelishuv KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Park Sunjin va GGGIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Aaron Rassel o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Unda Orol dengizi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur loyiha doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari va ushbu loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifa hamda chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Imzolash marosimida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Yun Djivan, (KOICA)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi direktori o‘rinbosari Song Mingyong hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusupbek Kazbekov ishtirok etdi.
2021-2024-yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasining 4 ta tumani — Kegayli, Bo‘zatov, Chimboy va Qorao‘zak tumanlarida amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter