Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orol dengizida suv sathi ko‘tarilgani xabar berildi

Orol dengizida suv sathi ko‘tarilgani xabar berildi

Orol dengizining suv sathi qariyb yarim metrga ko‘tarilgani xabar berildi.

O‘tgan yilning oktyabridan buyon bu ko‘rsatkich 48 smga balandladi.

Bu haqda Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati hokimligi xabar berdi.

Shu kunga qadar to‘plangan suv hajmi 19,7 mlrd kub metrni tashkil etadi. O‘tgan yili Orol dengiziga tushgan suv hajmi 816 mln kub metrni tashkil qildi. Joriy yilning 2 oyida 803 mln kubometr qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Orol dengizi o‘tgan asr oxirida Katta va Kichik Orolga ajralib ketgandi. Gap Qozog‘iston hududida joylashgan Kichik Orol dengizi haqida ketmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring