Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqxo‘jayevning matbuot kotibi boshqa lavozimga ko‘tarildi

Ortiqxo‘jayevning matbuot kotibi boshqa lavozimga ko‘tarildi

Furqat Mahmudxo‘jayev.

Mahmudxo‘jayev Furqat Sidiqxo‘jayevich Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Uzoq yillar davomida davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida samarali faoliyat yuritib kelgan Mahmudxo‘jayev Furqat Sidiqxo‘jayevich ushbu lavozimda ish boshladi.

Furqat Mahmudxo‘jayev 1965 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989 yil Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

Ko‘p yillar davomida Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan. 2020 yil fevral oyidan hozirgi kunga qadar Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari – matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring