Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘smirlarda ovoz dag‘allashuvi xavflimi? Mutaxassis izoh berdi

O‘smirlarda ovoz dag‘allashuvi xavflimi? Mutaxassis izoh berdi

Balog‘at payti hech qanday shamollash yoki tomoq og‘rig‘i bo‘lmasa-da ko‘pchilik o‘g‘il-qizlarda ovoz dag‘allashishi kuzatiladi. Xo‘sh, bunday o‘zgarishning sababi nima? 

Ushbu savolga Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova javob berdi.

— O‘smirlik – insonning jismoniy va ijtimoiy rivojlanishida muhim palla hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Bu davrda organizmda turli gormonal o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Gormonlar o‘g‘il-qizlarning normal o‘sishi va tananing rivojlanishida muhim o‘rin tutib, bu – endokrin tizimning me’yorda ishlashini talab etadi.

Biroq o‘smirlikda gormonlarning sekretor maromi buzilib, ular ko‘payishi mumkin. Ushbu holat ba’zida ovoz dag‘allashishiga sabab bo‘ladi. Ammo bu vaqtinchalik holat.

Bordi-yu ovoz yo‘g‘onlashishi qalqonsimon bez kasalliklari ovoz paychalarining zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, tibbiy tekshiruvdan o‘tish talab etiladi.

Buning uchun endokrinolog-shifokor maslahati zarur. Ushbu mutaxassis qalqonsimon bezning UTT tekshiruvi bilan birga, gormonlar tahlili (TTG erkin T4)dan so‘ng bemorga kerakli davo muolajalarini tayinlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring