O‘zA bosh direktoriga maslahatchi tayinlandi
Farrux Furqatovich Bo‘tayev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA bosh direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan.
F. Bo‘tayev 1983-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi – filolog. «Shuhrat» medali sohibi.
U faoliyati davomida «Mahalla» gazetasi, «Huquq va burch» jurnali, «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyatlari hamda O‘zAda turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter