O‘zbek yigitiga «Times Square»dagi ulkan peshlavha orqali hurmat ko‘rsatildi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan Dostonbek Toirov AQShning «Morgan Stanley» shirkatida amaliyot o‘tashni boshladi.
Nafaqat Qo‘shma Shtatlar, balki dunyoda mashhur bo‘lgan ushbu kompaniyada amaliyot o‘tash o‘ziga xos sharaf sanaladi. «Morgan Stanley» ma’muriyati amaliyotning ilk kuni Dostonbekka kutilmagan sovg‘a tayyorladi. Nyu-Yorkning mashhur Tayms skveridagi ulkan peshlavhada o‘zbekistonlik mutaxassisning ism-sharifi va surati e’lon qilindi.
«Tayms skverdagi ulkan monitorda o‘z nomimni ko‘rib benihoya hayajonlandim», deydi Dostonbek Toirov.
«Xabar.uz» sayti «Xorijdagi vatandoshlar» sahifasi orqali Dostonbek Toirov bilan intervyu uyushtirgandi.
Tahririyat jamoasi o‘zbek yigitiga okean ortidagi faoliyatida yangi zafarlar tilaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter