O‘zbekiston aholisi bir kunda qanchaga ko‘payayotgani ochiqlandi

2021-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,1 mln. kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 1,5 foizga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 57 811 kishiga ko‘paygan.
2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan.
O‘zbekistonda yil boshidan 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.
Avvalroq qo‘mita aholi eng ko‘p yashaydigan hududlarni ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter