Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston aholisi bir yil ichida qanchaga ko‘paygani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisi bir yil ichida qanchaga ko‘paygani ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi O‘zbekiston aholisining oshishi bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Unda aytilishicha, 2023-yilning 1-iyul holatiga respublika bo‘yicha jami doimiy yashovchi aholi soni 36 372,3 ming kishini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘paygan.

Shundan:

Ayollar soni – 18 066,0 ming kishi

Erkaklar soni – 18 306,3 ming kishi

Shahar joylarda – 18 557,5 ming kishi

Qishloq joylarda – 17 815,8 ming kishi.

Statistikaga ko‘ra, 2023 yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring