O‘zbekiston bayrog‘i Seul osmonida (foto)
15 sentyabr kuni Seul osmonida o‘zgacha manzara kuzatildi — O‘zbekiston bayrog‘ining moviy, oq va yashil ranglaridagi dirijabl Koreya Respublikasi poytaxti uzra parvoz qildi.
Bu oddiy parvoz emas. Uning ortida yurtga muhabbat, milliy g‘urur va O‘zbekistonning do‘st Koreya zaminidagi yana bir yorqin qadami mujassam edi.
O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida amalga oshirilgan ushbu ramziy tashabbus Seul aholisi va xorijlik mehmonlarga O‘zbekistonni yana bir bor tanitish, milliy qadriyatlarimiz va davlat ramzlarimizni namoyon etishga xizmat qildi.
Seul — dunyodagi eng zamonaviy megapolislardan biri. Ana shu zamonaviy shahar osmonida O‘zbekiston bayrog‘i ranglarining namoyon bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ham yangi, zamonaviy va istiqbolli bosqichga ko‘tarilayotganining go‘zal ramzi bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter