Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab elektr va gaz o‘g‘irlayotganlar aniqlandi

O‘zbekiston bo‘ylab elektr va gaz o‘g‘irlayotganlar aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “O.F.” oilaviy korxonasi rahbari F.M. korxonaning umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, jami 356,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.R. Toshkent tumani, “Zarbdor” MFY hududidagi xonadonida tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan non yopib sotish bilan shug‘ullanib kelib, gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, jami 315,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Nukus tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.K.” MChJ mas’ul shaxslari elektr nasosga o‘rnatilgan hisoblagichga shikast yetkazib, jami 170 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring