Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab «Yashil xiyobon»lar tashkil etiladi

O‘zbekiston bo‘ylab «Yashil xiyobon»lar tashkil etiladi

Foto: «yamskoyepole.ru»

Hukumat farmoyishiga asosan butun Respublika bo‘ylab «Yashil xiyobon»lar tashkil etiladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, respublika hududlarida 2018 yil kuz mavsumida 5,5 mlndan oshiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, 2019 yil bahor mavsumida esa 150 mlndan oshiq manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilda har bir tuman markazlarida kamida 10 gektar maydonda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida hamda Toshkent shahrining Sergeli tumanida kamida 15 gektar maydonda «yashil xiyobon»lar tashkil etilib, unda piyodalar va velosipedlar uchun yo‘lakchalar, o‘rindiqlar ham tashkil etilishi nazarda tutiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring