O‘zbekiston fuqarosi nima uchun Moskvada zaharlangan edi?

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston fuqarosi Moskva yaqinidagi elektropoyezdda zaharlangan holatda topilgan edi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazib borilgan, ammo 9 fevralda bosh miya shishi tufayli olamdan ko‘z yumgan edi.
Surishtiruv ishlari natijasida aniqlanishicha, O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirishdan maqsad uni tunash bo‘lgan. Uning shaxsiy buyumlari orasida pul va qimmatbaho narsalar topilmagan.
Ushbu jinoyat yuzasidan olib borilgan tekshiruv ishlari natijasida Moskvada gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Uning yonidan politsiya xodimining soxta guvohnomasi, ikkita pichoq, uchta gaz ballonchasi, «Makarov» rusumidagi pistolet va shu bilan birga neyroleptik-azaleptin birikmasi qo‘shilgan spirt solingan metall idishcha chiqqan.
Bunga qadar ham odamlarni zaharlab tunashda gumon qilinib Rossiya fuqarosi bo‘lgan 26 yoshli Murat Sabanov qo‘lga olingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter