Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» ichki yo‘nalishlarga chegirmalar joriy etdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» ichki yo‘nalishlarga chegirmalar joriy etdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentyabrga qadar yurtimiz aholisi va xorijlik sayyohlar uchun chegirmalar e’lon qildi.

Unga ko‘ra, barcha ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga 30 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan bayram chegirmalari taqdim etildi. Bunda individual yo‘lovchilar uchun – 30 foiz chegirma bo‘lsa, sayyohlik guruhlari uchun 40 foiz belgilandi. Bunda besh va undan ortiq litsey va oliy o‘quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o‘quvchilari, IIV, DXX, DSQ kabi tizimlardagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari hisobga olingan.

Oilaviy sayyohlarni ham hisobga olib, ikki yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin, ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalarga 50 foiz chegirmalar beriladi. Pensionerlar va nogironlar uchun ham chegirmalar 50 foizni tashkil etadi.

50 foizlik chegirmaga ega bo‘ladiganlar qatoriga 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar, Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar ham bor.

Chegirmali aviachiptalarni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining aviachiptalarni sotish markaziy ofisi va O‘zbekiston aeroportlari kassalarida chegirmalarni olish huquqini beruvchi, tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring