Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» ikkita reys kechiktirilganini ma’lum qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» ikkita reys kechiktirilganini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

«Uzbekistan Airways» AJ axborot xizmati 2022-yil 7-iyun kuni rejalashtirilgan Istanbul–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov texnik sabablarga ko‘ra 7 soatga kechikayotganini ma’lum qildi. Ushbu qatnov bajarilish vaqti Toshkent vaqti bilan bugun soat 21:30 da rejalashtirilgan.

Shuningdek, amalga oshirilishi rejalashtirilgan Toshkent–Seul yo‘nalishidagi qatnov vaqti 8-iyun soat 04:00 ga ko‘chirilgan.

Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring