Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qozog‘iston chegarasida shaftoli «to‘xtatildi»

O‘zbekiston Qozog‘iston chegarasida shaftoli «to‘xtatildi»

Foto: Qozog‘iston moliya vazirligining davlat daromadlari qo‘mitasi

Qozog‘istonga 5,5 mln tenge qiymatidagi nektarin (shaftoli navi) noqonuniy olib o‘tilayotganida ushlandi. Importchi boj va soliqlarga chap berishga uringan, deyiladi Zakon.kz xabarida.

Foto: Qozog‘iston moliya vazirligining davlat daromadlari qo‘mitasi

Qozog‘iston moliya vazirligining davlat daromadlari qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 25-iyun kuni «Qoplonbek» bojxona postida O‘zbekistondan Qozog‘istonga kirayotgan yuk mashinasi tekshirilganida undagi yuklar hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida qiymati 5,5 mln tenge, jami og‘irligi 9 180 kilogrammga teng shaftoli hujjatda ko‘rsatilganidan oshiqchaligi ma’lum bo‘lgan. Bojxona to‘lovlari va soliqlarning qo‘shimcha hisobi 677,7 ming tengeni tashkil etgan.

Import qiluvchi barcha soliq va to‘lovlarni to‘laganidan so‘ng mahsuloti qaytarib berildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring