Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 9-mayda harbiy parad o‘tkazilmaydi

O‘zbekistonda 9-mayda harbiy parad o‘tkazilmaydi

O‘zbekistonda 9-may sanasi munosabati bilan hech qanaqa harbiy parad o‘tkazilmaydi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi vakillari bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot bergan. 

Jurnalistlarning parad bo‘yicha savoliga Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Oybek Mamadaliyevga javob bergan. Uning aytishicha, O‘zbekiston bo‘ylab 9-may arafasida harbiy paradlar o‘tkazish nazarda tutilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 9-may O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi. 

Avvalroq, Qozog‘istonda ham 9-may munosabati bilan parad bo‘lmasligi ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring