Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

"O‘zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, shimolda yog‘ingarchilik qor shaklida, qolgan hududlarda asosan yomg‘ir shaklida kuzatiladi, 18-19-yanvar kunlari ba’zi joylarda qor yog‘adi.

Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik faqat 19-yanvarda kuzatiladi.

Bugun harorat kunduzi 8-11 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi  2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab respublika bo‘ylab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib turgan holda 7-10 m/s tezlikda esadi, 18-19 yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 18 yanvar kechasi va 19 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yengil o‘rtacha tezlikdagi shamol bo‘ladi. Bugun havo harorati kunduzi 8-10 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 4-7 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring