Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda jazirama ob-havo 23 mingta ish o‘rinini yo‘q qilgan – tadqiqot

O‘zbekistonda jazirama ob-havo 23 mingta ish o‘rinini yo‘q qilgan – tadqiqot

Markaziy Osiyoning aksariyat qismi anomal issiqlikdan aziyat chekayotgan bir paytda, Jahon bankining yaqinda o‘tkazilgan tadqiqoti Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining (YeMO) 70 ta shahrida, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda uning insonlar hayoti va iqtisodiyotga zararli ta’siri haqida xavotirli faktlarni aniqladi.

Xususan, Ashxobodda jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar barcha yosh guruhlari uchun yiliga 100 000 kishiga 25-28 holatni tashkil etadi. Ostona, Bishkek va Toshkentda bu ko‘rsatkich har 100 ming kishiga 19 tadan 21 tagacha o‘lim holatini tashkil etadi.

2090 yilga kelib, Markaziy Osiyoning bir qancha yirik shaharlarida, jumladan, Ostona va Toshkentda havoning issiqligi tufayli umumiy o‘lim yiliga 10 000 dan 23 000 gacha yetishi mumkin.

2023 yilga kelib, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida havo haroratining ko‘tarilishi 87 000 dan ortiq to‘liq bandlik ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib keldi. Ulardan 22 mingdan ortig‘i O‘zbekistonda va 18 mingga yaqini Ozarbayjonda.

2050 yilga borib mintaqaning to‘qqizta shahri, shu jumladan Ashxobodda issiqlik tufayli yillik iqtisodiy yo‘qotishlar yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan oshishi mumkin.

Qirg‘izistonda ekstremal harorat har yili 200 km ga yaqin yo‘llarning shikastlanishiga olib keladi, bu esa ta’mirlash uchun katta xarajatlarni keltirib chiqaradi va transport infratuzilmasiga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatni izdan chiqaradi.

Jahon banki o‘z tadqiqotida, Yevropa va Markaziy Osiyo shaharlari harorat ko‘tarilishining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun hozirdanoq amalga oshirishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar taklif etilgan.

Ular shaharlarda «yashil» hududlar va soyali maydonlarni ko‘paytirish uchun daraxtlar ekish, binolarni passiv sovutish uchun modernizatsiya qilish, aholini erta ogohlantirish tizimlarini yaratish va sog‘liqni saqlash tizimlari faoliyatini yaxshilash, «sovutish» markazlarini tashkil etish, issiqlikka chidamli materiallardan foydalanish, shuningdek, shahar infratuzilmasini rejalashtirishda ob-havo anomaliyalarini hisobga olishni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring