O‘zbekistonda nikohlar soni kamaymoqda
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda FHDYo organlarida 18 032 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 399 taga yoki 11,7 foizga kamaygan.
2023-yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Shuningdek, 2022-yilda O‘zbekistonda jami 48 734 ta oila nikohdan rasman ajrashgangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 39 227 tani tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter