Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda nikohlar soni kamaymoqda

O‘zbekistonda nikohlar soni kamaymoqda

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda FHDYo organlarida 18 032 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 399 taga yoki 11,7 foizga kamaygan.

2023-yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Shuningdek, 2022-yilda O‘zbekistonda jami 48 734 ta oila nikohdan rasman ajrashgangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 39 227 tani tashkil etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring