Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda nodavlat teletarmoq ish boshlamoqda

O‘zbekistonda nodavlat teletarmoq ish boshlamoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda yangi nodavlat teletarmoq o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) muassisligidagi Renessans TV teletarmog‘i «Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh» media dasturi doirasida tashkil etilmoqda.

Renessans TV teletarmog‘i 2021-yil 1 sentyabr soat 6.00 dan test rejimida o‘z efirini boshladi. Hozircha respublikamizning 70 foiz hududini qamrab olishi ko‘zda tutilgan teletarmoq keyinchalik bosqichma-bosqich butun yurtimiz bo‘ylab o‘z mediamahsulotlarini taqdim etadi.

«Ayni paytda assotsiatsiyamizga a’zo bo‘lgan 48 teleradiokanalning 13 tasini hududlardagi nodavlat telekanallar tashkil etadi, — deydi teletarmoq Bosh direktori R. Rajabov.

— Ularning har biri o‘z auditoriyasi, o‘z tarqalish hududiga ega bo‘lgani sababali bir-biri bilan raqobatlashmaydi. Renessans TVning asosiy maqsadi ushbu telekanallarni televizon tarmoq mexanizm orqali, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat».

Hududiy nodavlat telekanallarning aksariyati to‘liq litsenziyalangan media-mahsulotlarni sotib olish imkoniyatiga ega emas. Renessans TV esa, O‘zbekiston kinematograiya agentligi, tegishli hamkor tashkilotlar bilan shartnoma asosida turli media-mahsulotlar, filmlar va seriallarni mazkur televizion tarmoq orqali tomoshabinlarga taqdim etadi. Shuningdek, jamiyatimizdagi dolzarb masalalarning yetakchi ekspertlar, tegishli mutasaddilar, taniqli jurnalist va blogerlar ishtirokidagi muhokamasiga bag‘ishlangan turli formatdagi ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi.

Hozirda teletarmoqning ijodiy va texnik guruhlari shakllantirilgan, efirga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Test rejimida teletarmoq xodimlari o‘zbek kinosining nodir durdonalari hamda so‘nggi yillarda yaratilgan badiiy va hujjatli filmlar, mumtoz va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlarning konsert dasturlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola etadilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring