Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda piyodalar uchun «sariq jilet» tartibini joriy etishmoqchi

O‘zbekistonda piyodalar uchun «sariq jilet» tartibini joriy etishmoqchi

O‘zbekistonda endi yo‘laklarda harakatlanuvchi piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida hamda huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelib chiqish sabablarini aniqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar doirasida kunning qorong‘u qismida kelgusida maktab o‘quvchilari,  veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti matbuot kotibi Muzifa Sultonovaning O‘zAga ta’kidlashicha, maktab o‘quvchilari homiylik ko‘maklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan ta’minlanadi.

Xabarda boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Bu tartibning qachon joriy etilishi, sariq jiletlardan foydalanilmaganda, piyodalar jarimaga tortiladimi yoki yo‘qmi bu haqida ham ma’lum emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring