Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishonini ta’sis etildi

«Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishonini ta’sis etildi

Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 22-dekabr kuni «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Ushbu qaror bilan «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom,ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari tasdiqlandi.

Nishon bilan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning yangi tizimini yaratishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yo‘nalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar mehnatga haq to‘lash bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring