Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi jamoat fondi ish boshladi

O‘zbekistonda yangi jamoat fondi ish boshladi

O‘zbekistonda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ish boshladi. Bu haqda fondning telegramdagi kanalida xabar berildi.

«Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchimizki, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatga olindi hamda rasman o‘z ish faoliyatini boshladi. 

Jamoat fondimizning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdir. 

Shuningdek, jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko‘rsatish jamoat fondining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. 

Kelgusida jamoat fondi va uning loyihalari haqida batafsil ma’lumot berib boramiz. Bizni kuzatishda davom etasiz, degan umiddamiz», deyiladi fondning xabarida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring