Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda AQSh vizasi bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi

O‘zbekistonda AQSh vizasi bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi

O‘zbekistonda AQSh vizasi uchun yangi viza suhbatini belgilash tizimi ishga tushadi. Bu haqda Toshkentdagi AQSh elchixonasi xabar berdi

Yangi xizmat yordamida viza murojaatchilarining viza bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish, talab etilgan viza uchun ma’muriy to‘lovni amalga oshirish, viza bo‘yicha suhbat sanasini belgilash hamda yetkazib berish xizmatidan foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.

Yangi suhbat tizimi 10-iyundan boshlab  https://ais.usvisa-info.com/ veb-saytida, 2-iyul va undan keyingi sanalarga barcha noimmigratsion viza suhbatlari sanasini belgilash uchun faoliyat yurita boshlaydi.

"Yangi suhbat tizimi orqali, suhbatsiz vizaga murojaat etish talablariga javob beruvchi murojaatchilar, yetkazib berish xizmati yordamida hujjatlarini Konsullik Bo‘limiga topshirishlari hamda hujjatlarini belgilangan tegishli bo‘linmadan qabul qilib olishlari mumkin bo‘ladi.

AQSh Davlat Departamentining avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda Iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari, belgilangan sanada viza suhbatiga kelishlari va viza uchun to‘lovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu jarayondagi yangilanishlar natijasida viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori o‘zgarmasligini inobatga olishingizni so‘raymiz" deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring