O‘zbekistondan Amirliklarga boruvchilar ko‘paymoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–may oylarida 71,4 ming nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,7 ming nafarga yoki 28,2 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar–may oylarida BAAga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- sayohat — 63 042 nafar
- qarindoshlarni yo‘qlash — 7 397 nafar
- xizmat yuzasidan — 571 nafar
- davolanish — 225 nafar
- o‘qish — 117 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter