Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning istiqbolli rahbarlari reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonning istiqbolli rahbarlari reytingi e’lon qilindi

Foto: «Yuksalish» umummilliy harakati

«Yuksalish» umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda davlat idoralaridagi Top-40 istiqbolli rahbarlar ro‘yxatini shakllantirdi. Unga 26 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik yosh kadrlar kiritildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlarga, shu jumladan, davlat boshqaruvida yosh kadrlarga ishonch bildirilmoqda. Ekspertlarning baholashiga ko‘ra, qator vazirlik va idoralarda yangicha fikr yurituvchi kadrlar mas’uliyatli lavozimlarga tayinlangan.

Strategik fikrlash, yuqori malaka, tashabbuskorlik, o‘zgarishlarga ochiqlik va keng dunyoqarash. Muvaffaqiyatli boshqaruvchilarni ushbu sifatlar bilan ta’riflash mumkin. 

O‘tgan yili «Yuksalish» umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda har yili 40 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekistonning istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini tuzgan edi. Va respublikaning progressiv boshqaruv kadrlari Top-35 ro‘yxati shakllantirilgandi.

Joriy yilda ekspertlar tomonidan 100 nafar nomzodlar orasidan (o‘tgan yili 60 nafar) yangilangan ro‘yxat shakllantirildi. Bu gal ular orasidan 40 nafar nomzod tanlandi. Bunda nomzodlarning yoshi, ma’lumoti, kasb yo‘li, jamoatchilik orasida tanilganlik, ularning islohotlar jarayonida ishtirok etish va ta’sir darajasi inobatga olindi.

Yangi reytingga birinchi marta kiritilganlar:

  • Agzam Ikramov, Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
  • Akmalxon Ortikov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Bekzot Mavlonov, Prezident administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari;
  • Bobur Abdinazarov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari;
  • Botir Zohidov, Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari — Boshqaruv raisi;
  • Diana Bayzakova, Xalqaro arbitraj markazi direktori;
  • Dilshod Saidjanov, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari;
  • Dilnozaxon Kattaxanova, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari;
  • Jamshid Urunov, Biznes-ombudsman o‘rinbosari;
  • Ilxom Norkulov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Oleg Pekos, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Olimjon To‘ychiyev, innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari
  • Otabek Hasanov, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari;
  • Rustam Karimjonov, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari;
  • Sardor Kariyev, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori;
  • Tursunboy Maxkamov, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari;
  • Usman Sharifxadjayev, xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Xilola Umarova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori;
  • Farxod Ibragimov, Toshkentdagi IT-park direktori;
  • Xudayor Meliyev, adliya vaziri o‘rinbosari;
  • Shodiyor Mamatqulov, maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari.  
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring