Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qanday rahbarlar eng katta dushman ekanini aytdi

Prezident qanday rahbarlar eng katta dushman ekanini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda befarq bo‘lib, «kun o‘tsa bo‘ldi» qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman ekanini qayd etdi.

«Mamlakatimiz, xalqimiz tinchligi, farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, ish o‘rinlari, yangi bozorlar, investitsiya, katta-katta tushumlar kerak», — dedi Prezident.

Hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranishlar, savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak, qaysi korxonaga qanday ko‘mak berish zarur, degan masalalar ustida bosh qotirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda viloyatda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va imkoniyatlar yechimlari bilan ko‘rib chiqildi.

Kelgusi yilda viloyatga 1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish zaminini hozirdan yaratish lozimligi qayd etildi.

Jumladan, Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida bo‘sh turgan 100 gektar yerlarga tadbirkorlar 300 million dollar investitsiya kiritib, 3,5 mingta ish o‘rni yaratish tashabbusi bilan chiqqan.

Shu kabi, Qarshi shahri va Kitobda ishlatilmayotgan paxta terminallarida sanoat texnoparkini tashkil qilib, kamida 5 mingta doimiy ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.

Go‘sht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash sohasida 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish topshirildi.

Qozon shahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta loyiha va O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida kelishilgan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring