Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgalar mulkini o‘zlashtirgan sobiq korxona rahbari faoliyati fosh etildi

O‘zgalar mulkini o‘zlashtirgan sobiq korxona rahbari faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda «Qo‘shko‘pir non» UK sobiq rahbari R.R. tomonidan “M.F.” XK o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 197,6 mln so‘mlik 189,1 tonna omuxta yem mahsulotlarini sotish maqsadida olib, mahsulotlarni sotishdan tushgan 188,6 mln so‘m naqd pul mablag‘larini korxonaga kirim qilmasdan, juda ko‘p miqdordagi o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «Q.N.» UK sobiq rahbari R.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring