Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozish uchun mo‘ljallangan taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ozish uchun mo‘ljallangan taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi marakazi» davlat muassasasi barcha yurtdoshlarimiz va dorixona xodimlarini ogohlikka chaqirib, internet tamoqlari orqali onlayn sotilayotgan, ozish uchun mo‘ljallangan quyidagi mahsulotlarni realizatsiya qilish va saqlash taqiqlanishi haqida ma’lum qildi:

  • «Reborn Ultimate»
  • «Lipotrim Ultra»
  • «Seksualnaya figura»
  • «Al-Sheikh»
  • «Fatzorb»
  • «Fatzorb Ultra»
  • «Fatzorb Plus»
  • «Spirulina»
  • «Arabic»
  • «Reduksin Layt»
  • «Kod S»
  • «Shafran diet»
  • «Gold Puma»
  • «Blokator jira»
  • «Hot pepper»
  • «Fermentaiz»
  • «Lipoksin dlya poxudeniya»
  • «Kuaymiy Extra»
  • «Slim ultra» (Samyun Wan)

O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, mazkur modda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida»gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud bo‘lgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring