«Parkentning so‘lim go‘shalariga eltuvchi yangi magistral quriladi» – Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Parkent tumanini turizm markaziga aylantirish bo‘yicha takliflarini berdi.
Qayd etilishicha:
- «Yangi O‘zbekiston» bog‘idan Parkentning so‘lim go‘shalariga eltuvchi 30 kilometr uzunlikdagi yangi magistral yo‘l quriladi;
- Toshkent shahridan Parkentga tezyurar avtobuslar qatnovi tashkil etiladi;
- tuman infratuzilmasiga 100 milliard so‘m ajratiladi;
- tumanda turizm uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinadi. Bunda tadbirkorlar 3 yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi;
- yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari barpo etilib, kamida 3 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Bunga 200 milliard so‘m kreditlar ajratiladi.
Angren, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaronda kamida 100 gektardan qir-adir yerlari dam olish maskanlari, dala hovlilari va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun ochiq auksionga chiqariladi.
Ohangarondagi «Ertosh-soy» va «Ovjaz-soy» qishloqlariga «turizm qishlog‘i» maqomi berilib, infratuzilma bilan to‘liq ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter