Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxtachida xalq muammolarini o‘rganish davom etmoqda

Paxtachida xalq muammolarini o‘rganish davom etmoqda

Samarqand viloyat hokimi E. Turdimov tuzgan jamoatchilik nazorat guruhi aholi muammolarini o‘rganishda davom etmoqda.

Bir ayolning eri o‘lgan ekan. To‘ng‘ich o‘g‘lini ham mashina bosib ketibdi. Uch go‘dagi bilan qolgan ayolning eri qura boshlagan uyning tomini yopishga ham, eshik, deraza qo‘yishga ham imkoni yo‘q ekan. Uyni bitkazishga yetadigan kredit mablag‘i ajratilib, mahalladoshlar hashar bilan uyni bitkazib beradigan bo‘ldi.

Tuman prokurori Shermat Jo‘rayev oziq-ovqat, sovg‘a-salomlar bilan ayoldan va bolalaridan xabar olgani keldi. Oila sharoiti, tomorqa bilan tanishib, homiylar ko‘magida oila uchun issiqxona qurib berishga va’da berdi. Bolalar bilan tanishib, ularning yodlagan she’rlarini eshitdi. Uchalasiga ham maktab kiyim-kechaklari va o‘quv jihozlarini shaxsan o‘zi olib berishini aytdi.

Savobli ishlar davom etmoqda.

Karimberdi To‘ramo‘rod, «Xabar.uz» muxbiri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring