Paxtachidagi issiqxonada yirik o‘g‘irlik aniqlandi — Departament

Paxtachi tumanida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «X.Q.» MChJ rahbari R.X. korxonaning «Qirguli» mahallasidagi 1,5 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter