Poytaxt hokimligi murojaat bilan chiqdi
Olmazor tumani, Keles yo‘li ko‘chasini kengaytirish va rekonstruksiya qilish hamda atrofini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar hokimining 2023-yil 18-iyuldagi farmoyishiga asosan, 19-iyul soat 20:00 dan 30 avgust kuniga qadar Keles yo‘li ko‘chasining Noraztepa ko‘chasi bilan kesishmasidan Uzumbog‘ ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘i barcha turdagi transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz, deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter