Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt prokurorining «qaqajon» yordamchisi taqdirlandi

Poytaxt prokurorining «qaqajon» yordamchisi taqdirlandi

Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘layotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida shu yilning 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan «Mehr va saxovat» ko‘krak nishoni ta’sis etilgandi. Davlat rahbarining mazkur hamda «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi (2020-yil 26-avgust) farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qilib qilib, unda «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadigan sog‘liqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shu kunlarda joylarda «Mehr-saxovat» ko‘krak nishonining ilk sohib va sohibalarini taqdirlash tadbirlari ixcham tarzda o‘tkazilmoqda. Shunday tadbir Toshkent shahar prokuraturasida ham bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxt va uning tarkibidagi tumanlar prokuratura organlarining shunday e’tirofga munosib ko‘rilgan 15 nafar xodimiga omonatlar topshirildi. E’tiborlisi, taqdirlanganlar orasida bir nafar ayol — Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi Sevara Saidjonova ham bor.

Adliya maslahatchisi (podpolkovnik) Sevara Saidjonova jurnalistlar o‘rtasida ushlagan joyini uzadigan, fidoyi, lutfga saxiyligi va latofati bilan «qaqajon» nomi bilan tilga tushgan prokuratura xodimasi hisoblanadi.

Barchaga muborak bo‘lsin!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring