Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda yana bir eksperiment amalga oshiriladi

Poytaxtda yana bir eksperiment amalga oshiriladi

Foto:«Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri mahallalarida kutubxonalar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi «Mahalla kutubxonasi» mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlariga eksperiment shaklida «kutubxonachi» shtat birligini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligiga:

- Toshkent shahridagi balansida «Mahalla kutubxona»si mavjud bo‘lgan mahallalarni kamida 600 (olti yuz) dona adabiyotlar, aholiga keng qamrovli axborot berish salohiyatiga ega gazeta, jurnallar bilan ta’minlash hamda mazkur kutubxonalarda 1 ta kutubxonachi shtatini saqlash choralarini ko‘rish;

- uch oy muddatda Toshkent shahri mahallalari hududida hamda mahalla fuqarolar yig‘ini guzarlarida tashkil etilgan kutubxonalarni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi orgtexnika, mebel, shu jumladan, maxsus mebel, shuningdek, tegishli kutubxona uskunalari bilan jihozlash, bunda imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus kompyuter jihozlari va boshqa qo‘shimcha vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Mahalla kutubxonalarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishini va Wi-Fi zonalar tashkil etish vazifasi yuklanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring