Poytaxtning ikki tumanida gaz vaqtincha bo‘lmaydi

Toshkentning ikki tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
«Hududgaz poytaxt» xabariga ko‘ra, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan D-76 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari olib borilishi sababli, 4-aprel kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Shuningdek, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida joylashgan yer usti o‘rta bosimli D-76 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 4-aprel kuni soat 12:00 dan 17:00gacha ushbu ko‘chadagi 35 ta yerli aholi xonadonlarida hamda 15 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter